Bepul Telegram mini-ilovasi

Boshlagan kitobingizni oxirigacha oʻqing — har kuni bir necha bet.

Kitob va tugatish sanasini tanlang: Kitoblarim kunlik normani hisoblaydi, bot esa har kuni eslatib turadi.

Hozir oʻqilmoqda Yulduzli tunlar Pirimqul Qodirov
186 / 544 betBugun: 12 bet

13 kitob 2 oʻqiyapman 8 oʻqidim 3 oʻqiyman

Oʻrnatish shart emasTelegram ichida ochiladi
Parolsiz kirishTelegram akkauntingiz orqali
Lotin va kirillQidiruv ikkala yozuvni tushunadi
Uch tildaOʻzbek, Русский, English

Muddatni tanlang, kunlik normani ilova hisoblaydi.

Kitob va tugatish sanasini belgilang. Kitoblarim kuniga necha bet oʻqish kerakligini aytadi, siz esa har kuni belgilab borasiz.

Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov · 544 bet
46 kun

1-oktabr → 15-noyabr

544 bet ÷ 46 kun
12bet/kun
Bu hafta
Du
Se
Ch
12Pa
12Ju
12Sh
12Ya

Ortda qoldingizmi?

Norma qolgan kunlarga qayta taqsimlanadi.

Bir nechta reja

Roman va darslikni parallel oʻqing, har biri oʻz muddati bilan.

Kitoblarim
bot

12 kunlik seriyangiz tugashiga oz qoldi. Bugun ham oʻqib, uni saqlab qoling.

Bugungi norma: 12 bet, Yulduzli tunlar

Tugmani bosib koʻring

Oʻqish seriyasi
12kun
Oʻqilgan sahifalar
6 842
Oʻqilgan kitoblar
23
Toʻplam qiymati
4,86mln soʻm

Bot eslatadi. Sizga faqat oʻqish qoladi.

Tanlagan vaqtingizda, agar hali oʻqimagan boʻlsangiz, bot eslatma yuboradi. Oʻqiganingizni chatning oʻzida bir tugma bilan belgilaysiz.

Kunlik eslatma

Oʻqigan kuningiz bot jim turadi.

Bir tugma bilan belgilash

Ilovani ochish shart emas, hammasi chatda.

Seriya va tahlil

Ketma-ket kunlar, oʻqilgan sahifalar va kutubxonangiz qiymati soʻmda.

Butun javon bir necha daqiqada.

Qaysi usul qulay boʻlsa, shunisini tanlang: shtrix-kod, kitob nomi yoki bitta Excel fayl.

Oʻtkan kunlar
Abdulla Qodiriy · 384 bet
Tasdiqlangan

Shtrix-kod skaneri

ISBN kodini kameraga tuting. Nomi, muallifi va sahifalar soni oʻzi toʻladi.

kitoblarim.xlsx
NomiMuallifSahifa
Kecha va kunduzChoʻlpon288
Shum bolaGʻafur Gʻulom160
Mehrobdan chayonAbdulla Qodiriy320

3 ta kitob qoʻshildi

Excel orqali import

Shablonni toʻldiring va yuzlab kitobni bir martada yuklang.

Har bir kitobning oʻz holati

Qogʻoz, elektron yoki audio kitob. Muqova surati, tarjimon, nashriyot, narxi va kimdan qarzga olingani ham shu yerda.

Alkimyogar
Paulo Koelo
Oʻqiyman Oʻqiyapman Oʻqidim Javonda Istaklar
Narxi
65 000 soʻm
Qarzga olingan
Jasurdan, 12-noyabrgacha

Audiokitoblar ham shu yerda.

Telegramning oʻzida tinglang. Qayerda toʻxtaganingiz eslab qolinadi.

Toʻxtagan joyingizdan

Pleer toʻxtagan joyingizdan sal oldinroq boshlanadi.

Tezlik va uyqu taymeri

Tezlikni oʻzingiz tanlaysiz. Uxlab qolsangiz, taymer oʻzi oʻchiradi.

Tinglab boʻldingiz, oʻqildi

Kitob javoningizda boʻlsa, «Oʻqidim» deb belgilanadi.

Oʻtkan kunlar
Abdulla Qodiriy
Tinglanmoqda

10 qismdan 4-qism2 soat 14 daqiqa qoldi

Oila bilan umumiy javon.

Bitta havola bilan yaqinlaringizni taklif qiling. Kitoblar umumiy, oʻqish holati esa har kimniki oʻziniki.

Oilaviy kutubxona, 4 aʼzo
Oʻtkan kunlar
Abdulla Qodiriy
SSizOʻqiyapman
NNodiraOʻqidim
JJasurOʻqiyman
“Har safar qayta oʻqiganimda yangi narsa topaman.”
Nodira
t.me/kitob_javonim_bot?startapp=join_…

Har kimning oʻz holati

Bitta kitob siz uchun “oʻqiyapman”, Nodira uchun “oʻqidim” boʻlishi mumkin. Aʼzolar baho va taqriz qoldiradi.

Jamoat reytingi

Shu hafta

1MMadina412bet
2JJasur368bet
3DDilnoza301bet
8SSiz96bet

Faqat koʻrinishni yoqqanlar. Telegram username va ID koʻrsatilmaydi.

Ixtiyoriy reyting

Shu haftadagi sahifalar, seriya yoki oylik kitoblar boʻyicha. Sukut boʻyicha oʻchiq.

Guruhda kitob marafoni

Botni Telegram guruhingizga qoʻshing: admin /marafon bilan boshlaydi, bot har kuni post joylaydi, aʼzolar bir tugma bilan belgilaydi.

Natijangizni ulashing

Kitobni tugatganingizda yoki seriyada yangi marraga yetganingizda Telegram va Instagram hikoyalari uchun tayyor karta olasiz.

Kitobni tugatdingizmi? Nishonlang.

Tugmani bosib turing, tabrik ekrani chiqadi.

2026-yildagi 8-kitobingiz
Yulduzli tunlar
Pirimqul Qodirov · 544 bet

Yillik maqsad: 8 / 12

Bosib turing

Har bir kitob uchun guvohnoma

Bahoyingiz va taassurotingiz bilan. Hikoyada ulashing.

Oʻqilganlar javoni
2026 · 8 ta kitob
2025 · 5 ta kitob

Oʻqiganlaringiz bir javonda

Hammasi birga yoki yillar boʻyicha.

Qayta oʻqish ham hisobga kiradi

Javonda kitob dorsida «×2» turadi.

Oy yakuni

Oyiga bir karta: kitoblar, kunlar, tinglangan vaqt.

Roʻyxat yoki javon

Kutubxonani qaysi koʻrinishda yoqsa, shunday koʻring.

Guruhga tabrik

Bir tugma bilan marafon guruhingizga xabar bering.

Savollar va javoblar

Kitoblarim nima?

Kitoblarim — Telegram ichida ishlaydigan bepul bot va mini-ilova. U boshlagan kitobingizni oxirigacha oʻqishga yordam beradi: har bir kitob uchun kunlik normani hisoblaydi va har kuni eslatib turadi. Kitoblaringiz ham bitta javonda turadi. Telegramda: @kitob_javonim_bot.

Kitoblarim pullikmi?

Yoʻq, Kitoblarim bepul. Roʻyxatdan oʻtish ham, karta maʼlumotlari ham kerak emas.

Ilovani yuklab olish kerakmi?

Yoʻq. Kitoblarim Telegram ichida mini-ilova sifatida ochiladi: telefonda ham, kompyuterda ham.

Kitobim katalogda boʻlmasa-chi?

Maʼlumotlarini qoʻlda kiriting. Moderator tekshirgach, ular boshqa oʻquvchilar uchun ham tasdiqlangan maʼlumotga aylanadi. Katalog shu tarzda oʻzbek kitoblari bilan toʻlib boradi.

Oilam bilan qanday boʻlishaman?

Sozlamalardagi taklif havolasini yuboring. Havolani ochgan har kim kutubxonangizga qoʻshiladi, shuning uchun uni faqat yaqinlaringizga bering.

Reytingda meni kim koʻradi?

Oʻzingiz yoqmaguningizcha hech kim. Yoqsangiz, faqat ismingiz va natijangiz koʻrinadi. Istalgan payt oʻchirib qoʻyish mumkin.

Eslatma qachon keladi?

Siz tanlagan vaqtda va faqat oʻsha kuni hali oʻqimagan boʻlsangiz. Uni Sozlamalarda yoqasiz yoki oʻchirasiz.

Roʻyxatimni Exceldan koʻchira olamanmi?

Ha. Sozlamalar → Shablon orqali faylni yuklab oling, kitoblaringizni kiriting va Yuklash tugmasi bilan qaytaring.

Kitob klubi uchun ham boʻladimi?

Ha. Tashkilotchi aʼzolarni havola orqali umumiy kutubxonaga taklif qiladi, har kim esa oʻqish holatini oʻzi belgilaydi.

Telegram guruhida kitob marafoni oʻtkazsa boʻladimi?

Ha. Botni guruhga qoʻshing, admin esa /marafon buyrugʻi bilan muddatni (7, 14 yoki 30 kun) va kunlik normani tanlaydi. Bot har kuni post joylaydi, aʼzolar oʻqiganini bir tugma bilan belgilaydi, har hafta esa reyting eʼlon qilinadi. Bot guruhdagi yozishmalarni oʻqimaydi.

Audiokitob tinglasa boʻladimi?

Ha. Katalogdan tanlang va Telegramning oʻzida tinglang. Unda faqat ulashishga ruxsat bor yozuvlar bor: ommaviy mulkdagi matnlar yoki muallif va nashriyot roziligi bilan.

Tugatgan kitobim uchun guvohnoma olamanmi?

Ha. Kitobni tugatganingizda tugmani bosib turing, guvohnoma kartasi chiqadi. Uni hikoyaga yoki chatga ulashish mumkin.

Bir daqiqada

Birinchi kitobingizni bugun boshlang.

  1. Botni oching@kitob_javonim_bot, Telegramda.
  2. Tilni tanlangOʻzbek, rus yoki ingliz.
  3. Javonni ochingNamuna kitob kutib turadi, ommabop kitoblarni esa bir bosishda qoʻshasiz.
Telegramda ochish

Telefon kamerasi bilan skanerlang